Unga hamma havas qilmoqda

  • 17.08.2020 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bavariya”ning hujumkor futbolchisi Tomas Myuller Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan germaniyalik fotbolchi sifatida rekord qayd etdi.

30 yoshli futbolchi qit’aning eng nufuzli musobaqasida 113 marotaba maydonga tushgan. “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan tarixiy uchrashuvida Myuller gol urishga ham erishdi.

Avvalgi rekord natija “Bavariya”ning sobiq sardori Filipp Lamga tegishli edi. U o‘z davrida chempionlar musobaqasida 112 ta o‘yin o‘tkazgan edi.

“Bavariya”ning hozirgi darvozaboni Manuel Noyer hisobida 109 ta o‘yin bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!