
Unga Zidanning shogirdi kerak emas
“Real” tomonidan transferga qo‘yilgan pleymeyker Isko qadrdon ustozi Karlo Anchelotti boshqarayotgan “Everton”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Italiyalik murabbiy bu xabarlarga izoh berdi.
- Iskoni olib kelish borasida ishlayotganim haqidagi xabarlar yolg‘onlar. Biz hali qishki transferlar bo‘yicha o‘ylab ko‘rganimiz yo‘q, - dedi Anchelotti.
Karlo Anchelotti “Real”ni boshqargan vaqtda Isko uning qo‘l ostida to‘p surgan. Bu yarim himoyachi hozirgi bosh murabbiy Zinedin Zidanning ishonchini qozona olgani yo‘q.
Fikrlar