Uning taktikasi menga to‘g‘ri kelmadi!

  • 21 avgust, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”da ishlari yurishmay, jamoani tark etgan Timo Verner o‘z yurtiga qaytib, “Leyptsig” jamoasi safiga qo‘shildi.

Bundesliga klubi bu transfer uchun “aristokratlar”ga 25 million funt to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Germaniyalik hujumchi yangi jamoaga o‘tganidan keyin sobiq ustozining taktikalarini tanqid qildi.

+- Men uchun eng muhimi – futboldan bahra olish. Albatta, men “Chelsi”da katta yutuqlarga erishdim. Lekin keyingi paytda muntazam o‘ynamaganim uchun futboldan rohat ololmay qoldim.

O‘ylashimcha, bosh murabbiy Tomas Tuxelning taktikalari menga to‘g‘ri kelmadi. Shuning uchun ham yangi qadam tashlashga qaror qildim. Men ko‘proq o‘ynaydigan yoshdaman.

Haqiqatan men “Chelsi”da ilgari ko‘rmagan katta yutuqlarga erishdim va bu jamoa men uchun doimo ahamiyatli bo‘lib qoladi. Jamoadoshlarim bilan muloqotlarni davom ettirib turadi, - dedi Timo Verner.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!