Urugvay - O‘zbekiston o‘yinida EChL finalini boshqargan hakam ishlaydi

Mazkur uchrashuvni serbiyalik Milorad Majich boshqarib boradi. Unga qanotlarda xitoylik Kao Yi va Jang Chenglar yordamlashadi. Zaxira hakami Tan Xai (Xitoy).

Qayd etish joiz, Majich 2018 yilgi EChL finalini boshqargan. Kievda o‘tgan finalda "Real" "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!