Urugvay federatsiyasi terma jamoani charter reysdan mahrum qildi

  • 28.06.2026 01:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Urugvay terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta o‘yning birortasida ham g‘alaba qozona olmay, pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi.

Shundan so‘ng Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) Montevideoga rejalashtirilgan charter reysni bekor qilishga qaror qildi. Natijada futbolchilar va murabbiylar shtabi vatanga mustaqil ravishda qaytishlariga to‘g‘ri keladi.

Manbaga ko‘ra, mazkur qaror jamoaning juma kuni Gvadalaxara shahrida Ispaniyaga qarshi o‘tkazgan va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvidan keyin qabul qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!