Urugvay terma jamoasi a’zosi rus klubiga o‘tishga yaqin turibdi

  • 24 dekabr, 2020, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Penyarol" klubi va Urugvay terma jamoasi o‘ng qanot himoyachisi Jovanni Gonsales faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport24 xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Zenit” 26 yoshli futbolchini tez orada o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Boisi, Gonsalesning "Penyarol" klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli, Jovanni piterliklar safiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Jovanni Gonsales joriy mavsum "Penyarol" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!