
Usik Toni Bellyu bilan jangda rekord gonorar ishlab topdi
Birinchi og‘ir vazndagi sobiq mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik britaniyalik Toni Bellyuga qarshi jangda professional faoliyatidagi eng katta gonorarga ega bo‘ldi. - deya yozadi, SportArena.
Jang shartnomasidagi kafolatlangan summa barobarida Buyuk Britaniyada xududidagi translyatsiyadan ( Tumanli Albionda jonli efirni tomoshabinlar 24.95 funt evaziga tomosha qilganlar) tushgan summaning ham ma’lum foizi ukrainalik bokschiga tegishli bo‘lgan. Xullas, Usikka ushbu jangdan 2.5 mln evro ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz: Aleksandr Usik hamda Toni Bellyu o‘rtasidagi jang o‘tgan yili 10 noyabrda Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda ukrainalik charmqo‘lqop ustasi Tonini 8 raundda nokautga uchratgandi.
Fikrlar