
Usmon Dembele “Barsa”ning puliga qaramadi
El Chiringuito nashrining xabar berishicha, Usmon Dembele “Barselona”ning yangi shartnoma bo‘yicha so‘nggi taklifini ham rad etdi.
Kataloniyaliklar frantsiyalik futbolchiga yiliga 14 million evro maosh berishni va’da qilgandi. Lekin 24 yoshli o‘yinchini bu qoniqtirmadi.
Avvalroq, agar Dembele klub bilan kelishuvni yangilamasa, havi uni mavsum oxiriga qadar zaxiranga o‘tqazib qo‘yishi aytilgandi. Klub rahbariyati qishki transferlar vaqtida qimmatbaho o‘yinchini 20-30 million evroga sotib yuborishga harakat qildi.
Dembele jarohatlari tufayli bu mavsum ham asosiy vaqtini lazaretda o‘tkazyapti. U joriy chempionatda atigi olti marotaba maydonga tushib, ikkita golli pas oshirdi.
Fikrlar