Usmon Toshev: "Mirjalol Qosimov Alisher Jalilovni tarkibga qo‘shib olib juda to‘g‘ri qildi"

  • 17 yanvar, 2022, 21:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Boyagina AGMK klubi Tojikiston terma jamoasi va “Istiqlol” klubi sardori Alisher Jalilov bilan shartnoma tuzilganini e’lon qildi.

Tecno

29 yoshli pleymeykerni hammadan ham Usmon Toshev yaxshi biladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi, u Tojikiston milliy terma jamoasida ishlagan yillarida Jalilov uning qo‘l ostida to‘p surgan. Shu sababli Usmon Qudratovich Jalilovning AGMKga o‘tishi bo‘yicha munosabat bildirdi.

- Alisherni AGMK klubiga o‘tganidan juda xursandman. O‘ylaymanki, futbolchi o‘zining harakatlari va o‘yini bilan AGMKni yanada kuchaytiradi. Ayniqsa, jamoa o‘yiniga tezlik qo‘sha oladi. Chunki u juda tezkor va aqlli yigit. Oxirgi pasni vaqtida beradigan va gol urishni ham qoyillatadigan ijrochi.

alisher_1

Mirjalol Qosimov Alisher Jalilovni tarkibga qo‘shib olib juda to‘g‘ri qildi. Shubhasiz, uning jamoaga foydasi tegadi. Bu AGMK klubining eng yaxshi transferlaridan biri. Alisherni yaxshi bilganim uchun aytamanki, uning O‘zbekiston chempionatida to‘p surishidan mamnunman, - dedi Toshev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!