"Uzbekistan Judo Tour" turnirining g‘olib va sovrindorlari ma’lum

  • 24.12.2025 00:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

2025 yil hisobidan so‘nggisi hisoblangan "Uzbekistan Judo Tour" musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘z yakuniga etdi. 

Mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan musobaqa poytaxtimizning "Olimpiya" shaharchasidagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan arenasida o‘tkazildi. To‘rtta vazn toifasida o‘tgan murosasiz bellashuvlar yakunida Anvarjon Ibrohimov (-66 kg), Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (-73 kg), Amir-Said Djeyliev (+90 kg) va Irisxon Qurbonboeva chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. 

Toshkent viloyati terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Buxorolik dzyudochilar 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o‘rinni band etishgan bo‘lsa, 1 tadan oltin va bronza medaliga ega chiqqan Xorazm viloyati kuchli uchlikka yasab berdi. 

-66 kg:
1. Anvarjon Ibrohimov (Buxoro)
2. Muxriddin Tilovov (Qashqadaryo)
3. Artyom Shturbabin (Toshkent viloyati)
3. Muhammad Ergashev (Toshkent shahri) 
  
-73 kg:
1. Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (Surxondaryo)
2. Zamahshariy Bekmurodov (Buxoro)
3. Inoyat Telmanov (Toshkent shahri)
3. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)

+90 kg:
1. Amir-Said Djeyliev (Toshkent viloyati)
2. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)
3. Fazliddin Rafikov (Toshkent shahri)
3. Ja’far Naimov (Toshkent shahri) 

+70 kg:
1. Irisxon Qurbonboeva (Xorazm)
2. Zarina Bobonazarova (Toshkent shahri)
3. Fotima Kuranboeva (Xorazm)
3. Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!