
UZREPORT TV Ispaniya chempionati o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun UZREPORT TV telekanali orqali Ispaniya chempionati o‘yinlarini ko‘rish imkoniyati tug‘ildi. Telekanal rahbariyati o‘zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda Ispaniya chempionati o‘yinlari translyatsiya qilishi huquqini qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi telekanal rasmiy sayti.
Unga ko‘ra, UZREPORT TV Ispaniya chempionatining mavsum davomida qolgan 25 tur o‘yinlarini jonli efirda olib ko‘rsatadi. Ta’kidlash joiz, shu vaqtga qadar O‘zbekiston xududida birorta telekanal La Liga translyatsiyasiga rasmiy huquqni qo‘lga kiritmagan edi.
UZREPORT TV tomonidan Ispaniya chempionati translyatsiyasi sotib olingan va ayni vaqtda bu borada texnik ishlar olib borilmoqda.
Fikrlar