Vadim Abramov: "Ikkinchi bo‘limda futbol o‘ynaganimiz yo‘q"

  • 28 may, 2023, 04:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liganing 10-turi doirasidag «G‘ijduvon» - «Dinamo» (2:2) o‘yinidan keyin bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- O‘yinni birinchi bo‘limdayoq tugatib qo‘yishimiz mumkin edi. Afsuski, raqiblarning unchalik xavfli bo‘lmagan birinchi hujumi gol bo‘ldi. Aslida bunday holatlarda to‘p darvozaga kirmasligi kerak edi. Yana 100 ta shunday vaziyat bo‘lsa ham golga aylanmasdi. Standartdan keyin ikkinchi golni o‘tkazib yubordik va barchasi tugadi. Shundan keyin maydonda futbol emas, futbolga o‘xshash sport turi o‘ynalishi boshlandi. Ikkinchi golni urganimizdan keyin esa bizga vaqt etishmadi. Bunday o‘yinda bizga g‘alaba qozonishga bermasliklarini tushundim. Maydonda nimalar bo‘lganini ko‘rdingiz. O‘sha intervyuda bizning faqatgina hakamlar orqali yutayotganimizni aytishganidan keyin mana nimalar bo‘lmoqda. Hakamlikni nazorat qiladiganlar bu holatlarni o‘rganib chiqishar.

- Bunday gaplar hakamlarga ruhan ta’sir yoki bosim o‘tkazdi, deb hisoblaysizmi?

- Albatta. Mana shunaqa gaplarni chiqarishdi, endi bunaqa hakamlik... Bunday holat bilan birinchi marta to‘qnash kelyapman. Shunchaki, hakamlar bizga futbol o‘ynashimizga yo‘l qo‘yishmadi. 

- Tarkib bo‘yicha Grigalashvili va Boydullaevning qaydnomada yo‘qligi nima bilan bog‘liq?

- Bu o‘yinga ta’sir qilgani yo‘q. Reja qilgan ishlarimizni maydonda ko‘rsatishga harakat qildik. Ehtimol, barchasi ham o‘xshamagandir. Shunchaki holat shunday ko‘rinish oldi.

- «G‘ijduvon» sizni hayron qoldira oldimi?

- Judayam. Juda ko‘p hayron qoldirdi. Maydonda ko‘plab futbolchilari jarohat oldi. Ikkinchi bo‘limda futbol o‘ynaganimiz yo‘q, vaqt o‘tib ketdi. Ajoyib, ularni tabriklayman, - deydi Vadim Abramov matbuot anjumanida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!