Vadim Abramov: "Juda yomon o‘ynadik"

  • 28.02.2026 23:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

«Dinamo» - «Navbahor» (1:2) oʻyinidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Bu haqida klub matbuot xizmati maʼlum qildi.

«Nima ham derdim, hamma oʻyinni koʻrdi – yomon boshlamadik, gol urdik, ammo himoyada xatolarga yoʻl qoʻydik. Raqibning ilk hujumiyoq darvozamizga belgilangan penalti bilan yakun topdi. Koʻp oʻtmay, yana oddiy holatda gol oʻtkazib yubordik. Bugun magʻlubiyat uchun faqat oʻzimiz aybdormiz, chunki notoʻgʻri oʻynadik. «Navbahor»ni gʻalaba bilan tabriklayman. Ochilish oʻyinidagi magʻlubiyat uchun muxlislardan uzr soʻraymiz. Barcha gʻalaba kutgandi. Ammo bu hali birinchi tur, hammasi oʻzimizning qoʻlimizda – umid qilamanki toʻgʻri reaksiya bildirsa olsak, hammasi yaxshi boʻladi. 

- «Dinamo» oʻtgan yillgi tarkibi asosini deyarli saqlab qolgan, ammo oʻtgan yillgi oʻyindan hech narsa koʻrmadik...

- Toʻgʻri, fikringizga qoʻshilaman. Chunki notoʻgʻri oʻynadik. Hisobni tezkor gol bilan ochganimizdan keyin bu gʻoy yordam berishi kerak edi, ammo qisqa vaqtdagi xatolardan keyingi gollar jamoaga aks taʼsir qildi. Darhol nimadir deyish qiyin. Tahlil qilib, qaerda notoʻgʻri ishlaganimizni anglashimiz zarur. Chunki bungacha bugungidek oʻynamagandik. Bugun juda yomon oʻynadik. 

Magʻlubiyat uchun kimnidir ayblamayman, butun jamoa notoʻgʻri oʻynadi. Mavsum boshida kutilmagan natijalar boʻlib turadi, 5-turdan keyin kim aslida qanday kuchga ega ekani haqida gapirish mumkin boʻladi, - deydi Vadim Karlenovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!