
Vadim Abramov O‘zbekistonning Namanganda o‘yin o‘tkazish g‘oyasi kimdan chiqqani, termaning g‘alabasi va boshqalar haqida gapirdi
O‘zbekiston - Gana o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, ajoyib muhit yaratishgani uchun. O‘yin qiziqarli kechdi. Raqib safidagi 18-raqamli futbolchi ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Umuman uchrashuv yaxshi kechdi, deb aytsa bo‘ladi. Muxlislarga ham yoqdi.
O‘yini qovushmagan Eldor Shomurodov nega kech o‘zgartirildi? U yaqinda safimizga qo‘shildi. Parvozlar... Unga vaqt kerak. Keyingi bahsda o‘zini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.
Barcha futbolchilar terma jamoada o‘ynayshga tayyor. Ularga imkoniyat beramiz...
Jamoada darvoza, markaziy himoyada muammolar bor. Eng muammolisi markaziy himoya. Keyingi o‘yinlarda ularni bartaraf etishga urinamiz.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Namanganda o‘yin o‘tkazish g‘oyasi kimdan chiqdi? O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan, - dedi Vadim Abramov.
Fikrlar