Vadim Abramov: "Raqib Superliga jamoasi bo‘lsa-da, ulardan hech bir jabhada qolishmadik"

  • 18 aprel, 2023, 23:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogining 1-tur, "E" guruhidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi. Unda samarqandliklar minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

"Raqib Superliga jamoasi bo‘lsa-da, ulardan hech bir jabhada qolishmadik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda gol urish uchun ko‘p vaziyatlarimiz bo‘ldi. Umuman olganda, natijadan qoniqdim, o‘yin bo‘yicha hali ishlash lozim, to‘liq o‘yinni ikkinchi bo‘limdagidek o‘tkazish kerak.


Birinchi bo‘limda himoyadan hujumga o‘tishda yomon harakat qildik, biroq ikkinchi bo‘limda xatolarimizni to‘g‘riladik. Tarkibdagi aksariyat yosh o‘yinchilarga ham imkoniyat berdik.

Eng avvalo, biz guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Shundan keyin vazifalar haqida gapirishim mumkin. Kubok bahslari – yaxshi saviyaga ko‘tarilish uchun eng qisqa yo‘l. O‘ylaymanki, turnirda ishtirok etayotgan va zafar quchayotgan har qanday jamoa o‘sha musobaqada g‘olib chiqishni istaydi. Biz ham bundan mustasno emasmiz. Buni qanchalik uddalay olishimizni vaqt ko‘rsatadi", - dedi Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!