"Valensiya" keyingi tur "Barselona"ga qarshi bosh murabbiyisiz o‘ynaydi

  • 24 noyabr, 2017, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya futbol federatsiyasi tartib – intizom qo‘mitasi “Valensiya” klubi bosh murabbiyi Marselino Toralni 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.

Tecno

Tashkilotning bunday qarorga kelishiga Toralning o‘tgan tur “Espanol”ga (0:2) qarshi o‘yinda uchrashuv hakamiga nisbatan bildirgan keskin e’tirozi sabab bo‘lgan. Aytish lozimki, 52 yoshli mutaxassis ushbu o‘yinda maydondan chetlatilgan edi.

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi holat yuzasidan “Valensiya”ning bergan apellyatsiyasidan so‘ng ham, tashkilot o‘zining bu boradagi qarorini o‘zgartirmadi.

Endi “ko‘rshapalaklar” La Liganing bo‘lajak 2ta uchrashuvini (“Barselona” va “Xetafe”) bosh murabbiysiz o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!