"Valensiya" klubi "Real"ning sobiq futbolchisi bilan muzokara boshladi
Bir necha yil avval "Real" safida harakat qilgan Xose Kalexon yana La Ligaga qaytishi mumkin. Ayni paytda "Napoli" sharafini himoya qilayotgan Kalexon "Valensiya" vakillari bilan muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda sport jurnalisti Nikolo Skira tvitterdagi sahifasida xabar berdi.
Jurnalistning ma’lum qilishicha, "Valensiya" klubi hujumchi uchun nomzod. Ispaniyaliklar yozda erkin agentga aylanadigan futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.
Xose Kalexon bu mavsum A seriyada 23 o‘yinda 2 ta gol urgan.
Fikrlar