"Valensiya" pul ishlab olishni ko‘zlamoqda

  • 14 iyul, 2020, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Manchester grandlari 20 yoshli ispaniyalik iqtidor egasini joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritmoqchi. O‘z navbatida, “ko‘rshapalaklar” ham Torresni sotishga tayyor. Boisi, uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng nihoyasiga etadi va shu sababli “Valensiya” uning transferidan pul ishlab olish uchun ham tezroq sotmoqchi.

“Yunayted” va “Siti”ga Torresni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Bu yo‘lda ular “Barselona” va “Yuventus” tomonidan bo‘ladigan raqobatga dosh berishlari kerak.

Torres joriy mavsum “Valensiya” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!