
"Valensiya" XXI asrdagi eng yomon startini qayd etdi
Kecha Ispaniya La Ligasida to‘qqizinchi tur o‘yinlari davom ettirildi. Shu kuni “Valensiya” safarda “Leganes” mehmoni bo‘ldi.
Mavsumni juda yomon o‘tkazayotgan “ko‘rshapalaklar” turnir jadvalida yonma-yon borayotgan ushbu jamoani mag‘lub eta olishmadi – 0:0. “Valensiya” joriy mavsum chempionatda bor yo‘g‘i bitta g‘alabaga erishgan xolos. Jamoa to‘qqizta o‘yindan uchtasida durang va beshtasida mag‘lubiyat qayd etdi.
“Valensiya” to‘qqiz turdan so‘ng olti ochko jamg‘ardi. Bu esa jamoaning XXI asrdagi eng yomon starti sifatida qayd etildi. Bunday muvaffaqiyatsizlik so‘nggi bor 1997/98 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan. O‘shanda "Valensiya" dastlabki to‘qqiz turdan keyin atigi besh ochko to‘plagan. Biroq "ko‘rshapalaklar" o‘sha mavsumni to‘qqizinchi o‘rinda yakunlashgan.
Keyingi turda “Valensiya” o‘z maydonida autsayder “Las-Palmas”ni qabul qiladi.
Fikrlar