Valverde: Grizmann Messi bilan til topishib ketishiga ishonaman
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde tarkibga yangi kelib qo‘shilgan hujumchi Antuan Grizmann jamoa etakchisi Lionel Messi bilan til topishib ketishiga ishonmoqda.
“Yaxshi o‘yinchilar o‘zlariga tezda yaxshi jamoa topishadi. Grizmanning jamoamizga kelganidan xursandmiz. U bizga kerak bo‘lgan tezkor va futbolchini tez o‘qiy oladigan o‘yinchi. U Messi bilan til topishib ketishiga ishonaman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Grizmanni 120 mln evro evaziga “Atletiko”dan sotib oldi.
Fikrlar