Valverde Messining jarohati haqida gapirdi

  • 11.04.2019 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda raqib himoyachisi Kris Smolling bilan to‘qnashuvda burnidan jarohat olgan hujumchi Lionel Messining holati haqida gapirib o‘tdi.

“Lionel kuchli zarbani qabul qilib oldi. Unda gematoma paydo bo‘ldi. Tez orada shifokorlar uni tibbik ko‘rikdan o‘tkazishadi va jarohati haqida to‘liq ma’lumot berishadi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Manchester Yunayted” klublari o‘rtasidagi javob bahsi 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!