
Valverde "Real"da sardor bo‘lishni istaydi, u hech qaerga ketmoqchi emas!
"Real" futbolchisi Federiko Valverde o‘tgan yozda jamoani tark etishi mumkin edi. Biroq u klubda qolishni ma’qul ko‘rgan.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, urugvaylik yarim himoyachiga Saudiya Arabistoni va "Bavariya" jamoalaridan taklif kelib tushgan. Shunga qaramay, Fede bu takliflarga rad javobini bergan.
Valverde "Real"da qolib, jamoa sardori bo‘lishni istaydi. Ayni vaqtda madridliklar rahbariyati ham u bilan yangi shartnoma tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar olib borishyapti.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsum 25 yoshli yarim himoyachi klub safida 20 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar