Vaskes faoliyatini qaerda yakunlamoqchi?
“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskes faoliyatini qaysi jamoada yakunlamoqchi ekanini aytdi.
“Faoliyatimni “Real”da yakunlashni orzu qilaman, ammo futbolda hech narsani taxmin qila olmaysiz, istagan narsa sodir bo‘lishi mumkin. Bolaligimda akam bilan Angliya premer-ligasini tomosha qilardik, bu juda ajoyib damlar edi. APLda xuddi menga mos uslubda futbol o‘ynashadi”, - deydi Vaskes.
28 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar