
V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir. Xoldorov kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi, Ro‘zmetov qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Andijon shahrida boks bo‘yicha V.A.Zolotaryov xotira turniri davom etmoqda. Bu galgi turnir juda qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tadi. Sababi, O‘zbekiston terma jamoasidan o‘rin olgan kuchli charmqo‘lqop ustalari ham mazkur turnirda ishtirok etmoqda.
Ushbu turnirning 3-kunidan o‘rin olgan yarim final janglari boshlanmoqda. Biz kechgi dasturlardan o‘rin olgan natijalarni matnli tarzda e’tiboringizga havola etib boramiz. (G‘oliblar ismi qoraytirilgan holda yozib borildi)
63,5 kg. Tursunov Mujibillo (Andijon) - Imomaliev Jahonmurod (Andijon). Jahonmurod Imomalievning murabbiyi jangni davom ettirmasligini bildirdi
63,5 kg. Tagaybayev Aydos (Toshkent vil) - Abdullaev Ruslan (Toshkent vil). Iqtidorlar jangida Ruslan Abdullaevning qo‘li baland keldi va finalga yo‘l oldi.
71 kg. Xoldorov Iqboljon (Andijon) - Abdullaev Xavasbek (Andijon). Iqboljon Xoldorov kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.
71 kg. Qoraboev Muxsinbek (Andijon) - Mirzabekov Sherjahon (Andijon). Shiddatli kechgan jangda Muxsin Qoraboev zafar quchdi va final yo‘llanmasini naqd qildi.
75 kg. Jaffarov Saidjamshid (Buxoro) - Petrov Login (Navoiy). Login Petrov munosib qarshilik ko‘rsatishga xarakat qildi. Biroq bugun Saidjamshid undan ustun edi va haqli tarzda g‘alaba qozondi.
75 kg. Abdullaev A’loxon (Namangan) - Abdupattaev Abdulaziz (Andijon). Super jangning 3-raundida Abdulaziz Abdupattaev jarohat oldi. Yakunda ochkolar xisoblanib, A’loxon Abdullaev g‘alaba qozondi.
80 kg. Yo‘ldoshev Jasur (Resp. Olimpiya zaxiralari kolleji) - Ro‘zmetov Dilshod (Xorazm). Dilshod Ro‘zmetov qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
80 kg. Abdullaev Shohjahon (Resp. Olimpiya zaxiralari kolleji) - Sobirov Sarvarbek (Toshkent vil). Shohjaxon Abdullaev g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.
86 kg. Ergashev Azimjon (Namangan) - Toshtemirov Jo‘rabek (Toshkent vil). Murosasiz jangda Jo‘rabek Toshtemirov g‘olib chiqdi.
92 kg. Saidrahimov Madiyar (Toshkent vil) - Toxirov Nusrat (Andijon). Madiyar Saidrahimov g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.
+92 kg. Abdullaev Shohjahon (Andijon) - Abdumutaliev Diyorbek (yoshlar termasi). Shohjahon Abdullaev muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, yarim final bahslari o‘z yakuniga etdi. Ertaga finalda yana matnli translyatsiya e’tiboringizga havola etiladi. SPORTS.uz dan uzoqlashmang!!!
Fikrlar