Velosport. Osiyo chempionatining oltin va kumush medallari vakillarimizga nasib etdi

  • 29 avgust, 2022, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Tailandda velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi davom etmoqda. Unda terma jamoamiz vakillari qo‘lga kiritgan medallar soni 7 taga etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, bugun ortda qolgan bahslar yakunida Yanina Kuskova ta’qib poygasi dasturida oltin, Margarita Misyurina esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bungacha jamoamiz musobaqa doirasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Ertaga musobaqa doirasida yana bir qator yo‘nalishlarda poygalar o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!