
Velosportchilarimiz BAAda xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda
Ayni kunlarda velosportchilarimiz BAAning Sharja shahrida bo‘lib turishibdi. 10 kun davom etgan xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotidan so‘ng vakillarimiz bugun “Sharjah Tour” ko‘pkunlik velopoygasidagi ishtirokni boshlashdi. Musobaqa tashkilotchilari sportchilarga dastlabki bosqichdayoq katta yuklama bermaslik maqsadida birinchi bosqichni 10.2 kilometrlik masofali “Sharjah Mamzar Corniche & Sharjah Islamic Bank” yo‘nalishini belgilashgan. Poyga yakunida “VITAL CONCEPT CYCLING CLUB” jamoasining frantsiyalik vakili Julien Moris g‘alaba qozondi. Vakillarimiz orasida eng yaxshi natija Murodjon Xolmurotovga tegishli bo‘lib, u masofani bosib o‘tish uchun 13 daqiqa, 36 soniya sarfladi.
Velosport. “Sharjah Tour”, 1-bosqich
“Sharjah Mamzar Corniche & Sharjah Islamic Bank” – 10.2 km.
1. Julian Moris (“VITAL CONCEPT CYCLING CLUB”, Frantsiya) – 12’48’’ . . .
39. Murodjon Xolmurotov (O‘zbekiston) – 13’36’’ . . .
66. Dilmurodjon Siddiqov (O‘zbekiston) – 13’58’’ . . .
93. Ruslan Karimov (O‘zbekiston) – 14’28’’ . . .
96. Roman Shukurov (O‘zbekiston) – 14’33’’ . . .
99. Semen Sevastyanov (O‘zbekiston) – 14’37’’ . . .
102. Shomansur Abdumannobov (O‘zbekiston) – 14’43’’ . . .
Ertaga sportchilar “Al-Bataeh Sport Club – Maliha Sport Club” yo‘nalishidagi 151.56 km. Masofadagi yo‘lni bosib o‘tishadi. Ushbu musobaqada yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar