
Venger faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 69 yoshli mutaxassisga "Lion"dan qizqishlar bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vengerning so‘nggi jamoasi "Arsenal" klubi bo‘lgan edi. U “kanonirlar” boshqaruvidan 2018 yilda ketgach ishsiz hisoblanadi.
Bundan avvalroq “Lion”ning amaldagi bosh murabbiyi Bryuno Jenezio mavsum yakunlangach jamoadan ketishini e’lon qilgan edi. Klub rahbariyati esa uning o‘rniga Loran Blan, Rafael Benites va Patrik Vieyralarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar