Vera Zvonaryova "BNP Paribas Open - 2018"ning asosiy to‘rida o‘ynaydi
Rossiyalik Vera Zvonaryova "BNP Paribas Open - 2018" turnirining saralash bahslarida amerikalik Bernarda Peraga qarshi kortga chiqdi.
Asosiy to‘rga chiqish uchun o‘tgan bahsda 5:7, 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Veraning asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasidagi raqibi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
AQShning Indian-Uells shahrida start olgan "Premier Mandatory" turkumiga kiruvchi "BNP Paribas Open - 2018" turniri 18 martga qadar davom etadi. Mazkur musobaqaning sovrin jamg‘armasi 8.648.508 AQSh dollarini tashkil etadi.
Fikrlar