
"Verder" hujumchisi "Liverpul"ga tekinga o‘tishi mumkin
Bremenning "Verder" klubi forvardi Maks Kruze faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Express nashrining yozishicha 31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Aytish kerakki, uning klub bilan shartnomasi 1 iyulda tugaydi va shu bois mersisaydliklar uni tekinga qo‘lga kiritishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kruze uchun da’vogarlar ro‘yxatida shuningdek "Bavariya", "Roma" va "Fenerbaxche" kabi jamoalar ham bor.
Ma’lumot uchun, Maks Kruze o‘tgan mavsum “Verder” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishdi.
Fikrlar