
Verner koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi va Germaniya terma jamoasi forvardi Timo Verner kasallikka chalindi.
24 yoshli futbolchida gripp alomatlari mavjud. Uning topshirgan test natijalari keyinroq ma’lum bo‘ladi. Shu bois, u bo‘lajak o‘yinlarda Bundestimga yordam berolmasligi mumkin.
Germaniya terma jamoasi bugun Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar