
Verner "Leyptsig"ga ham kerak bo‘lmay qoldi
"Leyptsig" futbolchisi Timo Verner yanvardayoq jamoani tark etishi mumkin.
"Bild" xabariga ko‘ra, takliflar kelib tushsa, nemis klubi u bilan qishdayoq xayrlashishi ehtimoli bor. Qayd etilishicha, klub uni qishdayoq sotib yuborishi ehtimoli bor edi. Unga "Manchester Yunayted"dan qiziqishlar bo‘layotgandi.
Timo joriy mavsum Bundesliga doirasida 8 bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar