“Vest Bromvich” bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi

  • 14 avgust, 2017, 09:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliyaning “Vest Bromvich” jamoasi bosh murabbiy Toni Pyulis bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

59 yoshli uelslik mutaxassisning avvalgi kelishuvi muddati 2018 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi.

Tomonlar uni yana bir yilga uzaytirish borasida kelishib oldi. Qayd etish kerakki, Pyulis “Vest Bromvich”ga 2015 yildan buyon murabbiylik qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!