"Vest Xem" "Barselona" himoyachisi bilan kelishuvga erishdi
Londonning “Vest Xem” klubi “Barselona” himoyachisi Marlon bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi nashrning yozishicha jamoalar 22 yoshli braziliyalik futbolchining transferini 15 mln evroga kelishishgan. Endi Marlon yangi mavsumni Angliya premer-ligasida boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Marlon “Barselona” safiga 2016 yil klib qo‘shilgan va asosiy jamoada bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda ishtirok etgan. U o‘tgan mavsumni “Nitstsa”da ijara asosida o‘tkazdi.



Fikrlar