"Vest Xem" Kataloniyadan hujumchi kutyapti

  • 05.08.2020 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning 29 yoshli daniyalik hujumchisi Martin Breytueyt faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga yaqin.

“Vest Xem” aprel oyidan buyon bu futbolchini o‘ziga chorlamoqda. Nihoyat, kataloniyaliklar 20 million evro evaziga hujumchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

“Barselona” bu hujumchini joriy yilning fevral oyida 18 million evroga transfer qilgandi. Lekin Martin kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi. U kataloniyaliklar safida o‘n bitta uchrashuvda atiga bitta gol urdi. Shu bois, “Barsa” uni jamoani tark etadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!