"Vest Xem" qishdagi dastlabki xaridini amalga oshirdi

"Midlsbro" va Irlandiya terma jamoasi darvozaboni Darren Randolf "Vest Xem" futbolchisiga aylandi. Bu haqida London klubi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Irlandiyalik futbolchi APL klubi bilan 2023-yil iyunigacha shartnoma imzoladi. Ushbu transfer "bolg‘achilar" uchun 4 million funtga tushdi.

Randolf "Vest Xem" uchun begona emas. U 2015-17 yillar mobaynida "Midlsbro" tarkibiga borib qo‘shilishdan oldin londonliklar safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!