Viktor Kumikov: "G‘alabamizga ishonmasam, yana kim ishonadi?

  • 19 sentabr, 2021, 21:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Paxtakor” (1:0) o‘rtasidagi uchrashuv yakunlanganidan keyin mezbonlar ustozi Viktor Kumikov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Birinchi navbatda shuni aytmoqchimanki, qo‘l ostimdagi futbolchilar maydonda bergan ko‘rsatmalarimizni bajardilar. G‘alaba uchun borini berdilar. Albatta, o‘yinning dastlabki daqiqalari biroz xavotirli o‘tdi. Lekin gol urganimizdan keyin jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi. Yigitlar taktik tomonlama ham ko‘rsatmalarga amal qildilar. Keyin qarshi hujum asosida o‘ynadik. Albatta, to‘pni nazorat qilishda muammolar bo‘ldi. Chunki raqib kuchli edi. Biz bundan keyin ham o‘z ustimizda ishlaymiz.

Albatta, men g‘alabamizga ishongandim. Axir men ishonmasam, yana kim ishonadi? To‘g‘ri, “Paxtakor” kuchli raqib, tarkibi ham kuchli. Terma jamoa o‘yinchilari ko‘p. Ammo biz hamjihatlikda o‘ynadik. Futbolda g‘alaba, durang yoki mag‘lubiyat bo‘lishi tabiiy.“Paxtakor”ni kuzatganimiz va ularni o‘rganganimiz ham yordam berdi.

Men klubga kelishim bilanoq chempionat boshlangandi. Tayyorgarlik uchun etarli vaqtga ega emasdik. Shuning uchun yig‘in ham o‘tkaza olmadik. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, - dedi Kumikov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
19/09/2021 21:11
Рахмат сизга ва жамоа у'йинчиларига галаба давомли бу'лсин Кумиков ака
&
Мехриддин Абдурахмонов
19/09/2021 22:51
Давомли булсин жаноб Кумиков