Villian APLda 200 tadan ortiq o‘yinda ishtirok etgan 2-braziliyalik bo‘ldi

  • 25 avgust, 2019, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi vingeri Villian bugun APLning 3-turidan o‘rin olgan “Norvich”ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda ishtirok etdi.

Tecno

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Villian shu tariqa premer-ligada 200 tadan ortiq o‘yinda maydonga tushgan 2-braziliyalik futbolchi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bungacha ushbu dovondan faqatgina “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Lukas Leyva o‘ta olgan edi. U umumiy hisobda APLda 247ta o‘yinda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Villian “Chelsi” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!