
Vinisius Junior joriy mavsum ilk marta "Real" qaydnomasiga kiritildi
Madridning “Real” klubi bugun “Espanol”ga qarshi o‘yin uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi.
E’tiborlisi, 20ta futbolchidan iborat ushbu ro‘yxatda “qirollik klubi”ning joriy yozgi transferlardagi eng qimmat xaridiga aylangan Vinisius Junior ham bor. Qizig‘i, 18 yoshli braziliyalik futbolchi mavsum boshidan buyon ilk marta “Real” qaydnomasiga kiritildi.
Bugun Lopetegi uni maydonga tushiradimi yoki yo‘q. Bu savolga soat 23:45 da boshlanadigan uchrashuv davomida javob olishimiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Junior bungacha "Real"ning ikkinchi jamoasi hisoblangan "Kastilya" safida 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar