Vinisius: "Londonda oson bo‘lmaydi"
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinida jamoasining "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniya klubi o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Real" Madrid juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarda bo‘lgani kabi raqibga doimo bosim o‘tkazdik. Bu mavsumdagi eng yaxshi janglarimizdan biri bo‘ldi. Oldinda bizni javob o‘yini kutib turibdi va shuning uchun kontsentratsiyani to‘liq saqlab qolishimiz kerak. Londonda oson bo‘lmaydi", - deya braziliyalik hujumchining so‘zlarini keltiradi "AS".
Eslatib o‘tamiz, javob o‘yini 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar