
Vinisius "Real" bilan kelisha olmayapti!
Vinisius Junior “Real Madrid”ning dastlabki taklifni rad etdi, deb xabar bermoqda Mario Kortegana.
Taniqli yozuvchining xabar berishicha, braziliyalik yulduz “qirollik klubi”ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha ilk 15 million evrolik taklifini rad etgan. Manbaga ko‘ra, futbolchi o‘zining oylik maoshini Kilian Mbappenikidan yuqoriroq bo‘lishini xohlamoqda. Muzokaralar esa hali hamon davom etmoqda.
Xabaringiz bor, Vinisius so‘nggi o‘yinlardagi qoniqarsiz harakatlari va natijalari sabab, uning Saudiya klublariga o‘tish haqidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli hujumchi bu mavsum “qaymoqranglilar” safida 28 ta uchrashuvda qatnashib, 16 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 200 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar