Vinisius "Real"ga shartnomanı uzaytirish shartlarini aytdi

  • 04.08.2026 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning AS nashri yozishicha, braziliyalik hujumchi "Real" bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, biroq klubdan bir qator moliyaviy talablarini inobatga olishni so‘ragan. 

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi har mavsum uchun soliqlardan keyin 20 million yevro miqdorida sof maosh olishni istamoqda.

Shuningdek, Vinisius o‘zining tijorat maqsadlarida qiyofasidan foydalanishdan tushadigan daromaddagi ulushini saqlab qolishni, shu bilan birga yangi shartnoma imzolash uchun katta miqdorda bir martalik bonus olishni ham talab qilmoqda.

Hozirgi kunda Vinisiusning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!