
Vinisius “Real” taklifini rad etib, kutilmagan klub bilan muzokara boshladi
“Real”ning eng mohir to‘purarlaridan Vinisius Juniorning Madrid klubidagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.
Sport nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchining vakillari “Real” bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib borayotgan edi. Vinisius “Qirollik klubi”ning birinchi taklifini rad etdi.
“Real” Vinisiusni o‘z safida saqlab qolishni istayotgan bo‘lsa-da, o‘yinchining moliyaviy talabini qondirish uchun maoshlar uchun belgilangan limitni buzmoqchi emas.
Vinisiusda tanlov imkoniyati katta. Saudiya Arabistoni klublari unga besh mavsum uchun bir milliard evro maosh taklif qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar PSJ bilan norasmiy muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar tarqatdi.
Ekspertlar Vinisius PSJning e’tiboridan “Real”ga bosim o‘tkazish va moliyaviy talablari qondirilishiga erishish uchun foydalanayotganini ta’kidlamoqda.
Fikrlar