Vinisius "Real"ning so‘ngi taklifini ham rad etdi

  • 01.08.2025 18:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Transfer News Live nashrining Cadena CER'ga tayanib xabar berishicha, Vinisius "qaymoqranglilar"ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha so‘nggi taklifini rad etgan. 25 yoshli futbolchining vakillari bu taklifni moliyaviy jihatdan etarli emas deb hisoblashdi.

Vinisius Kilian Mbappe darajasida maosh talab qilishda davom etmoqda. Braziliyalik futbolchi yangi mavsumga pul tikib, sifatli o‘yin ko‘rsatib, daromadini oshirishga harakat qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Vinisius va Mbappening belgilangan maoshi taxminan bir xil ekani, ammo frantsuz erkin agent sifatida kelganidan keyin katta imzo bonusi evaziga ko‘proq maosh olishi haqida yozishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!