Vitaliy Denisov "Rubin"ga o‘tgach nimalar dedi?

  • 20.06.2019 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov "Rubin"ga ko‘chib o‘tgach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Yangi qadam, yangi chaqiruv. Bu erga endigina uchib keldim va shu bois hozircha bu borada biror fikr ayta olmayman. Jamoaga tezroq moslashib, futbolchilar va murabbiylar bilan til topishishga harakat qilaman. Bu ishlarni imkon qadar tezroq bajarishga umid qilaman.

Raqobat – hamisha yaxshi. Yosh futbolchimi yoki tajribali, buning ahamiyati yo‘q. Kim maydonga tushishini hal qiladigan bosh murabbiy bor. U bosh murabbiy va barcha kartalar uning qo‘lida.

Umid qilamanki, Sharonovning jamoasida ekanligim katta foyda keltiradi. Bu uning o‘zi uchun ham katta chaqiruv. Men maksimal darajada foyda keltirishga harakat qilaman”, - deydi o‘zbekistonlik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimizning so‘nggi jamoasi “Krilya Sovetov” bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!