
Vitaliy Denisov: U ko‘p gol urishga majbur
O‘zbekiston terma jamoasi safida 72 uchrashuvda maydonga tushgan Vitaliy Denisov sobiq klubi “Lokomotiv” etakchisi Aleksey Miranchuk haqida fikr bildirdi.
- Aleksey jamoaning etakchilaridan biri. U ko‘proq gol urishga majbur. U ko‘proq qulay pozitsiyaga chiqmoqda va o‘z ishini uddalamoqda. Bundan butun jamoa yutmoqda, - dedi Vitaliy Denisov.
Denisovning o‘zi “Rotor” jamoasidan ketganidan keyin hozircha erkin agent sifatida jamoasiz yuribdi.
Fikrlar