Vitaliy Levchenko: "Dinamo"ni kuchsiz raqib deb o‘ylamayman"

  • 19.09.2022 09:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Farg‘onaning “Neftchi” klubi “Dinamo”ni qabul qilib 4:1 hisobida raqibini tor-mor keltirdi va turnir jadvalidagi mavqeini yanada yaxshilashga erishdi. “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko mazkur o‘yin yuzasidan Sports.uzga shunday dedi:

- O‘yin keskin ruhda o‘tdi. Ikkala jamoaga ham ochko kerak edi. Buni 6 ochkolik o‘yin desa ham bo‘ladi. Biz uchrashuvni yaxshi boshladik. Standart vaziyatdan keyin gol urdik. Ammo so‘ngra tashabbus raqib jamoaga o‘tdi. Natijada birinchi bo‘lim oxirida o‘z imkoniyatini golga aylantirdi. Tanaffus paytida futbolchilarga yanada yaxshiroq harakat qilishni va tajovuzkor o‘ynash zarurligini aytdik hamda ikkinchi bo‘limda o‘yinimizga qo‘shdik. Futbolchilar ko‘rsatmalarimizni bajarishdi, bu meni albatta xursand qildi.

“Dinamo”ni kuchsiz raqib deb o‘ylamayman. Ularga qaerdadir nimadir etishmayapti. Bu klubga tajribali murabbiy keldi va unga o‘yinni yaxshilash uchun vaqt kerak, - dedi Levchenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!