Vladimir Bubanya - "Metallurg" futbolchisi!

  • 13.02.2026 13:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Vladimir Bubanya — "Metallurg" futbolchisiga aylandi. Klub matbuot xizmati bu xabarni tasdiqladi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarga olib bormoqda.

Jumladan, himoya chizig‘iga yana bir tajribali futbolchi Vladimir Bubanya taklif etildi.

Yangi mavsumda PRO-Ligada chempionlikni maqsad qilgan "Metallurg" PFK serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Bubanya o‘tgan mavsum "Xorazm" klubi safida harakat qildi. Superliganing 27 ta o‘yinda maydonga tushgan himoyachi 1 ta gol urgan va 1 ta assist muallifiga aylangan.

"Ulkan tajribaga ega himoyachi yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va Vladimir Bubanyaga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsiz deymiz".

Vladimir Bubanya
Tug‘ilgan sanasi: 02.08.1989
Tug‘ilgan joyi: Kraguyevas, Serbiya
Bo‘yi: 1.96
Ampluasi: Markaziy himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Xorazm", "Andijon", "Novi Pazar" (Serbiya), "Surxon", "Indjiya" (Serbiya), OKMK, "Zemun" (Serbiya)"
, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!