Vodiy derbisi eng qiziqarli, voha ikkinchi bo‘ldi. Toshkent klublari uchun yangilik bo‘lmagan ko‘rsatkich

  • 20 oktabr, 2022, 14:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

17-19 oktyabr kunlari Superliganing 22-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Nasaf” Navoiyda qiyin o‘yin o‘tkazdi. Qarshiliklar uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda gol urib, muhim g‘alabaga erishdi.

IMG_3169

“Navbahor” Farg‘onaga safar uyushtirdi. Maysasi yangilangan “Istiqlol” arenasidagi ilk bellashuvda “Neftchi” azaliy raqibiga imkoniyatni boy berdi. “Paxtakor” Toshkentda “Qo‘qon-1912”ni qiyinchiliksiz engdi. Qo‘qonliklarning uzoq masofadan ikki zarbasi golga aylanganini inobatga olmasa, “sherlar” to‘la ustunlikka erishdi. Cheran 4 ta gol urdi.

IMG_3070

“So‘g‘diyona” kutilmaganda “Surxon”ga imkoniyatni boy berdi. Termizliklarda Hamidjon Aktamov ish boshlagani ancha avval so‘zilgandi. Shuning uchun “Surxon” xatto Jizzaxda ham g‘alabaga erishdi. “Dinamo”ga Samarqandda o‘zbek futbolining 110 yilligi nishonlangani ham yordam bera olmadi. Vadim Abramov jamoasi o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi. Boshkovich boshchiligidagi “Bunyodkor” Qosimov shogirdlariga engildi. “Lokomotiv” VAR bor, lekin aslida yo‘qdek bo‘lgan bahsda imkoniyatni boy berdi. Natijada Server Jeparov lavozimidan ozod etildi. 

20221017161131_IMG_9309

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 23214 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 3316ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Farg‘onada. “Neftchi” vodiy derbisida “Navbahor”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan bellashuvni 10206 tomoshabin stadiondan kuzatdi.

Turning yana bir markaziy o‘yini “Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvini ko‘rish uchun arenaga 4611 ishqiboz keldi. Lekin bu bahsga undan ancha ko‘p tomoshabin tashrif buyurishi kutilgandi. Chunki “ajdarlar” 1-o‘rinda bormoqda va raqib ham kurash taklif qilishi kutilgandi. Shunisi, aniqki, stadionga kelgan muxlislar ketgan vaqtiga aslo achinmaydigan o‘yin bo‘ldi.

Eng kam tomoshabin Toshkentda. “Bunyodkor” klubi o‘z stadioni ta’mirlanayotgani bois “Jar” stadionida AGMK bilan kuch sinashdi. Bellashuv taqdirini birgina gol hal qilgan uchrashuvni 860 muxlis tomosha qildi. O‘sha gap: poytaxt va Toshkent viloyati uchun aslida bunday ko‘rsatkich yangilik emas!

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Neftchi” – “Navbahor” 1:2. 10206 tomoshabin

“Qizilqum” – “Nasaf” 1:2. 4611 tomoshabin

“Dinamo” – “Metallurg” 0:1. 4321 tomoshabin

“So‘g‘diyona” – “Surxon” 0:1. 1141 tomoshabin

“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” 5:2. 1042 tomoshabin

“Bunyodkor” – AGMK 0:1. 1033 tomoshabin

“Lokomotiv” – “Olimpik” 1:2. 860 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!