"Volfsburg" Karimovning vafot etganini e’lon qildi
"Volfsburg" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoaning sobiq futbolchisi Sergey Karimovning vafot etganini e’lon qildi.
Qozog‘iston terma jamoasi futbolchisi 34 yoshida olamdan o‘tdi. Biroq, uning o‘limi sabablari ma’lum qilinmayapti.
Ma’lumot uchun, Karimov faoliyati davomida "Volfsburg"dan tashqari "Duysburg" va "Lyupo-Martini" klublarida to‘p surgan. Qozog‘iston terma jamoasi safida esa 1 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar