
Volkov uni UFC dagi eng kuchli og‘ir vaznli sportchi deb atadi
UFC ning og‘ir vazn toifasidagi sportchisi Aleksandr Volkov ushbu diviziondagi eng kuchli jangchi kimligini aytdi.
"Men og‘ir vazn toifasida kimni eng kuchli jangchi deb bilaman? Hozircha, Aspinall. U mahorati, tezligi, motivatsiyasi jihatidan kuchli ko‘rinmoqda. Shuningdek, Gan ham yomonga o‘xshamayapti. Ularning jangini ko‘rish qiziq bo‘lardi", - dedi Volkov.
Eslatib o‘tamiz, vaqtinchalik chempion Tom Aspinall(14-3) 27 iyul kuni Manchester shahrida "UFC 304" turnirida bahs o‘tkazadi. Uning raqibi Kyortis Bleyds(18-4-1 N/C) bo‘ladi.
Fikrlar